Bavariya "LevanGolskiy"siz ham Barselonani mag'lubiyatga uchratdi

Bavariya bu safar kamtarona 2:0 hisobidagi g'alabaga erishdi

Bavariya "LevanGolskiy"siz ham Barselonani mag'lubiyatga uchratdi

Foto: goal.com

Myunxenning "Bavariya" klubi "Barselona" ustidan navbatdagi esda qolarli g'alabaga erishdi, bu safar "Barselona" kamtarona 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratildi.

"Barselona" bu yozda "Bavariya"ning yulduzini o'z jamoasiga qo'shib oldi, ammo nemis klubi Robert Levandovskisi bo'lmagan holda holda ham "blaugrana"ni qiynashda davom etmoqda.

Kataloniyaliklar bu safar so'nggi uchrashuvlardagidan ancha yaxshi natija qayd etganiga qaramasdan, "Bavariya" darvozasi tomon yo'l topa olmadi. Ular birinchi bo'limning ko'p qismini nazorat qilishdi, lekin darvoza oldidagi imkoniyatlar besamar ketdi.

O'tgan mavsumdagi mashhur 8-2 dan 3-0 g'alabalar bilan solishtirganda "Bavariya" uchbu o'yinda "Barselona"ni ayadi va Xavi jamoasi Allianz Arenada yana tormor etildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar