AQShdagi qamoqxonalardan birida "Baby Shark" qo‘shig‘i bilan qiynoqqa solingan mahbuslardan biri vafot etdi

Jon Basko bir yil ichida ushbu qamoqxonada vafot etgan 14-mahbus hisoblanadi

AQShdagi qamoqxonalardan birida "Baby Shark" qo‘shig‘i bilan qiynoqqa solingan mahbuslardan biri vafot etdi

Foto: fokus.ru

AQShning Oklaxoma shtati qamoqxonasida 48 yoshli mahbus Jon Basko vafot etdi.

Qayd etilishicha, avvalroq u bolalar uchun mo'ljallangan "Baby Shark" qo'shig'ini majburlab eshittirish orqali qiynoqqa solinganidan shikoyat qilgan edi.

Ma'lum qilinishcha, mahbusning o'lim sabablarini aniqlash uchun tibbiy ekspertiza tayinlangan. Tershiruvchilarning tahminiga ko'ra uning o'limiga giyohvand moddalarning iste'moli sabab bo'lishi mumkin.

Ma'lumotlarga qaraganda, Jon Basko bir yil ichida ushbu qamoqxonada vafot etgan 14-mahbusdir.

Xabarlarga ko'ra, 2021-yilda Basko va yana uchta mahbus qamoqxona xodimlari ularni Baby Shark qo‘shig‘i bilan qiynoqqa solgani sabab sudga murojaat qilgandi. Mahbuslarning so''zlariga ko'ra, ular qo‘shiqni qo‘llari kishanlanib, devorga qarab turgan holda uch-to'rt soat davomida tinglashga majbur bo‘lishgan.

“Qo‘shiq shu qadar baland ediki, u bino yo‘laklarida aks-sado berardi”, — deyiladi da’vo arizasida.

Ushbu qo‘shiq ayni paytda YouTube'da 11 milliard 305 million martadan ko'proq tomosha qilingan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar