FIFA Oʻzbekistonda 4,2 mln dollarlik toʻrtta stadion quradi

 Terma jamoalar markazida 280 oʻrinli zamonaviy mehmonxona, mini-futbol uchun yopiq sport maneji, ilmiy-tadqiqot, tibbiyot va reabilitatsiya markazi, suzish havzasi, oshxona binolari quriladi

FIFA Oʻzbekistonda 4,2 mln dollarlik toʻrtta stadion quradi

Foto: Open source

Prezidentning joriy yil 8-aprelda imzolangan Oʻzbekistonda ommaviy va professtonal futbolni rivojlantirishga oid qarorida keltirilgan maʼlumotga koʻra, Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan “Doʻstlik” stadionida 2022–2023-yillarda 4 ta zamonaviy futbol maydoni qurish uchun 4,2 million AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlar ajratgan.

Shuningdek, 2023–2024-yillarda Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan “Doʻstlik” stadioni hududida futbol boʻyicha barcha yosh toifasidagi terma jamoalar shugʻullanishi uchun byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan Terma jamoalar markazi ham quriladi.

Bunda, Terma jamoalar markazida 280 oʻrinli zamonaviy mehmonxona, mini-futbol uchun yopiq sport maneji, ilmiy-tadqiqot, tibbiyot va reabilitatsiya markazi, suzish havzasi, oshxona binolari qurilishi, shuningdek, ushbu binolarda Respublika bolalar-oʻsmirlar futbol akademiyasi joylashtirilishi inobatga olinadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar