Qirg'iziston va Tojikiston chegarasida otishma yuz berdi

Botken hamda Sug'd viloyati rahbarlari vaziyatni telefon orqali hal qilgani aytilmoqda

Qirg'iziston va Tojikiston chegarasida otishma yuz berdi

Foto: WAKIL KOHSAR

Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida chegarachilar o‘rtasida navbatdagi otishma bo‘lib o‘tdi. Bu haqda "Sputnik" xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Botken viloyatining Buloq-Boshi hududida Qirgʻiziston chegara otryadi avval erishilgan kelishuvlarni buzgan holda, davlat chegarasining belgilanmagan qismida jangovar pozitsiyalarni egallagan tojik chegarachilariga duch kelgan.

Qirgʻiziston tomonining hududni tark etish talabiga javoban tojik chegarachilari oʻt ochishgan. Bunga javoban Qirgʻiziston chegarachilari ham qurol ishlatgan. Shu tariqa otishma boshlangan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, Qirgʻiziston tomonidan qurbonlar va jarohatlanganlar yoʻq.

Birov vaqt o'tib, Buloq-Boshi hududida qirgʻiz-tojik chegarasidagi otishma toʻxtatildi, deb xabar berdi Prezidentning viloyatdagi vakolatli vakili.

Ma'lum bo'lishicha, Botken viloyati (Qirgʻiziston) rahbari Abdikarim Alimbayev va Soʻgʻd viloyati (Tojikiston) rahbari Rajabboy Ahmadzoda telefon orqali vaziyatni hal qilishgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar