© «Любое использование либо копирование материалов или подборки материалов сайта, элементов дизайна и оформления допускается лишь с разрешения правообладателя и только со ссылкой на источник: www.repost.uz»
QA, Order Experience, Uzum Market
Team Lead, Admin Panel Dev, Uzum Bank
Backend Engineer,
Uzum Market
Uzum’ni yaratayotgan odamlar haqida gapirishda davom etamiz.
Bugun biz filmlar, kitoblar va podkastlar — IT va boshqalar haqida gaplashamiz.
Uzum IT-mutaxassislari nimalarni o‘qiydi va
Men universitetdaligimdayoq tavsiya etilgan kitobdan boshlayman
Robert Martinning «Sof kod» kitobi. Bu kitob o‘qish va saqlash oson bo‘lgan texnik kodni yozishni o‘rgatadi.
Bu kodning aniqligi katta rol o‘ynaydigan katta jamoalarda ishlaydigan dasturchilar uchun muhim ko‘nikmadir.
Men ko‘plab professional podkastlarni tinglayman - ham umumiy, ham yuqori ixtisoslashgan.
Umumiy bo‘lganlari orasida men Lex Fridman Podcastni ajratib ko‘rsatardim — u yerda turli sohalar: inson ongi, falsafa, texnologiyalar haqida ko‘plab muhokamalar bo‘lib o‘tadi, qiziqarli ma’ruzachilar (olimlar, dasturchilar, kouchlar) ishtirok etadi. Men ushbu podkastni foydali deb hisoblayman, chunki u texnologiyalar va ularning kelajagi haqida kengroq tasavvur beradi.
Men animeni juda yaxshi ko‘raman, ularning orasidan ayniqsa Naruto’ni yaxshi ko‘raman. Men uni yapon tilida ham, ingliz tilida ham ko‘p ko‘rganman. Ishonch bilan ayta olamanki, bu anime menga kuchli xarakterni shakllantirishga yordam berdi.
Shuningdek, startap yaratish va rivojlantirish mavzusida “Kremniy vodiysi” (Silicon Valley) ajoyib seriali bor. U yerda IT geglari ko‘p, bu kulgili, lekin shu bilan birga startapning “oshxonasi” ni juda haqqoniy ko‘rsatadi.
Ammo men “Ijtimoiy tarmoq” (The Social Network) — “Facebook”ning yaratilish tarixi haqidagi ajoyib filmni tomosha qilishni maslahat beraman, u o‘z IT-loyihalari bilan shug‘ullanishni boshlashga ilhomlantiradi.
Men kinolarni ko‘p ko‘rmayman, ko‘proq seriallar va animelarni yaxshi ko‘raman.
Machine Learning Guide”ni tinglash mumkin. Ushbu podkastda mashinali o‘qitishning asosiy tushunchalari batafsil ko‘rib chiqiladi, bu bilimlarni yangilashga juda yordam beradi. Yana bir profil podkast — ML dagi so‘nggi tendensiyalar haqidagi “Machine Learning Street Talk” podkasti trendda bo‘lishga va sanoatda sodir bo‘layotgan voqealardan ortda qolmaslikka yordam beradi.
Yana bir foydali kitob — «Pragmatik-dasturchi» mualliflari: Endryu Xant va Devid Tomas. Aslida, bu dasturchilar uchun foydali ko‘nikmalarni rivojlantirish va ishlab chiqishga ham, operatsion jarayonlarga ham to‘g‘ri yondashish bo‘yicha qo‘llanma-kitobdir.
O‘zim RecSys-jamoasida ML-muhandis bo‘lib ishlayman, shuning uchun mashinali o‘qitish bo‘yicha kitoblarni tavsiya qilmoqchiman. O‘zim Geron Orelenning «Hands-On Machine Learning with Scikit-Learn» kitobidan boshlaganman.
Bosh qahramonning "This is my Ninja way" shiori bor, u yo‘lidagi barcha qiyinchiliklarga qaramay, hech qachon taslim bo‘lmagan. Va bu yondashuv menga hatto qiyin ish vaziyatlarida ham motivatsiya topishga yordam beradi.
Men — backend-engineer’man va aynan shu ixtisoslik bo‘yicha kitoblarni tavsiya qilgan bo‘lardim.
Bular Robert Martinning “Sof kod” uning “Sof arxitektura” va Erik Evansning “Предметно-ориентированное проектирование (DDD)” kitoblari.
Ularning barchasi murakkab arxitekturalarni qanday qilib loyihalashga bag‘ishlangan.
Men muntazam ravishda tinglaydigan va juda foydali deb hisoblaydigan bir nechta kanal va podkastlar mavjud.
Ingliz tilida Neetcode tinglayman. Kanal muallifi algoritmik masalalarni yechishni o‘rgatadi va injiniringdagi trendlarni muhokama qiladi. Masalan, so‘nggi videolardan biri Sun’iy Intellekt (AI/SI) va neyron tarmoqlar dasturchilarni almashtirishi mumkinmi yoki yo‘qligiga bag‘ishlangan edi.
Listen IT — bu ma’lum bir mavzu bo‘yicha 10-15 daqiqali roliklardan iborat kanalni tinglayman. Bu, masalan, biror mavzuga chuqurroq kirishishdan oldin uni tayanch o‘rganib olish uchun foydali.
IT-ga bag‘ishlangan Youtube-kanalining yana bir muallifi — Husayn Nasser. 20 yildan ortiq tajribaga ega muhandis sifatida u texnologiyalar haqida juda chuqur va qiziqarli hikoya qiladi.
IT va startap yaratish haqidagi eng realistik seriallardan biri bu albatta — “Kremniy vodiysi” (Silicon Valley). Yana Youtube’da ajoyib kanal — Joma Tech ham bor. Bu muallifning Silikon vodiysidagi dasturchilar hayoti haqidagi eskizlari.
Bundan tashqari, Endryu Tannenbaumning “Распределенные Системы” nomli qiziqarli kitobi ham bor.
Bu ajoyib qo‘llanma murakkab sxemalar qanday tuzilishini tushunishga yordam beradi. U dasturlashning murakkabroq jihatlarini o‘rganmoqchi bo‘lgan (middle) o‘rta-mutaxassislar uchun juda mos keladi.
Men test o‘tkazuvchiman va ikkita kitobni tavsiya etishim mumkin, ular o‘z karyerasini aynan test o‘tkazuvchilikda boshlayotkanlar uchun ayniqsa kerak bo‘ladi.
Birinchi kitob — Roman Savinning “Testlash Dot Kom” kitobi. U juda sodda tilda yozilgan va men shuni aytmoqchimanki, u testlashda o‘z karyerasini endigina boshlayotganlar uchun juda mos keladi.
Filmlarga kelsak, men mana bu ikkita filmni (va serial!) tomosha qilishni tavsiya qilaman:
«Qalbaki o’yin» (The Imitation Game) — Ikkinchi jahon urushi paytida Enigma nemis shifrlash mashinasini ochishda asosiy rol o‘ynagan odam Alan Tyuring haqida hikoya qiladi. Tyuring zamonaviy kompyuterlarning prototipini ishlab chiqdi, uning ishlari Machine Learning’ga asos bo‘ldi.
«Ijtimoiy tarmoq» (The Social Network) — bu Facebook qanday yaratilgani haqida ajoyib film. Mark Sukerbergning tarixi va talabalar loyihasi qanday qilib dunyodagi eng yirik ijtimoiy tarmoqqa aylanganiga bag‘ishlangan.
Yana IT-mutaxassislar haqida ajoyib serial bor — «Kremniy vodiysi» (Silicon Valley). Bu sitkom prizmasi orqali startapni yaratishning haqiqiy yo‘li — yaratish bosqichidan tortib, investitsiyalarni jalb qilish va korporatsiyalarga qarshi kurashgacha ko‘rsatilgan quvnoq film.
Unda cheklangan imkoniyatlar sharoitida sinov jarayoniga, shuningdek, Agile va DevOps jamoalari asos qilib olgan yondashuvga alohida e’tibor qaratilgan.
Ushbu darslik sinovdan o‘tkazish asoslarini yanada chuqurroq o‘rganish uchun juda mos keladi.
Umuman olganda, kitoblar uslubi va taqdim etilishi jihatidan turlicha, ammo ular bir-birini ajoyib tarzda to‘ldiradi.
Ikkinchi kitob — Glenford Mayersning “Dasturiy ta’minotni test qilish san’ati”. Bu ancha eski kitob bo‘lsa-da, hozirgi kungacha ajoyib qo‘llanma hisoblanadi, unda sinovdan o‘tkazish usullari juda tushunarli tarzda bayon etilgan.
Unda jarayonlar juda yaqqol tasvirlangan va uning asosiy g‘oyasi shundaki, testlash — bu shunchaki xatolarni qidirish emas, balki detallarga e’tibor va tanqidiy fikrlashni talab qiladigan muhim ijodiy jarayondir.
Men IT bo‘yicha maxsus kitoblarni o‘qimayman, hujjatlarni afzal ko‘raman, lekin men menejment (people management), rivojlanish va motivatsiya haqida ko‘p o‘qiman – bu aslida IT sohasida juda muhim.
Va bu yerda men jamoa bilan ishlashda ham, katta kompaniyada jarayonlarni tartibga solishda ham yordam beradigan bir nechta juda foydali kitoblarni ajratgan bo‘lardim. Birinchisi — Daniel Kanemanning “Sekin o‘ylang... tez qaror qabul qiling” asarida tafakkur mexanizmlari haqida.
Men sizning bevosita faoliyatingizga oid podkastlarni tinglashni tavsiya qilaman.
Masalan, men fintexning IT jamoasida ishlayman, fintex sohasida esa skam-operatsiyalar, firibgarlik kabi jihatlar mavjud va biz doimiy ravishda, jumladan, mahsulotlarimizning xavfsizligini kuchaytirish ustida ishlayapmiz. Люди PRO podkasti bor — unda turli mehmonlar kiberxavfsizlik, firibgarlikning turli xillari va ularga qanday qarshi turish haqida gapiradi.
Men kino ishqibozi emasman, lekin Internetdagi xavfsizlik haqida “Kiberstalker” deb nomlangan, muhandislik maktabidagi talabalar — IT- mutaxassislar haqidagi ajoyib fransuz seriali esimda qolgan.
Uchinchisi — “Nega ular ishlamaydi?” Syuzen Fauler — motivatsiya haqida. Har uchala kitob ham yetakchi bo‘lishni va jamoa bilan samarali ishlashni xohlovchilar uchun foydali bo‘ladi.
ikkinchi kitob Saymon Sinekning “Nima uchun? dan boshlang” — u yetakchilik masalalariga va har qanday vazifani boshlashda savollar berishni bilish qanchalik muhimligiga bag‘ishlangan.
Menga juda yoqqan yana bir film — Alan Tyuring tarixiga bag‘ishlangan “Qalbaki o‘yini” (The Imitation Game).
Shuningdek, men Podlodka Podcastni eshitaman — bu IT-podkast bo‘lib, unda mavzular ko‘p, men ko‘pincha Java, mikroxizmatlar va shunga o‘xshash mavzularni tanlayman.