Toshkentda Nissan va Cobalt ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Hodisa oqibatida Nissan haydovchisi jarohat olgan

Toshkentda Nissan va Cobalt ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Foto: Toshkent shahri YHXBB axborot xizmati

Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida 8-aprel kuni Nissan va Cobalt ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Ma’lum qilinishicha, soat 15:00 da sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida Nissan avtomashinasi haydovchisi tan jarohati olgan.

“Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga amal qilishlarini so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar