Samarqandda tabiatga 422 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazgan korxona aniqlandi

Holat yuzasidan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etish choralari ko‘rilmoqda.

Ekologiya qo‘mitasi Toyloq tumanidan oqib o‘tuvchi maratoriy joriy qilingan Zarafshon daryosi o‘zanida tungi vaqtda qum-shag‘al aralashmasi noqonuniy qazib olinganligini aniqladi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

O‘rganishlarda daryo o‘zanidan noqonuniy qazib olingan noruda materiallar Urgut tumani va Samarqand shahrini bog‘lovchi yangi temir yo‘l liniyasi orqali maxsus beton moslamalar o‘rnatilgan holda tashilgani aniqlandi. 

Zarafshon Propriety Service korxonasi hududiga joylashtirilganligi ma‘lum bo‘ldi.

Huquqbuzarlik natijasida tabiatga 422 mlrd 648 mln 358 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilgani aniqlandi. 

Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etish choralari ko‘rilmoqda. 

Beton bo‘laklari temiryo‘lga qo‘yilganligi yuzasidan hududiy Ichki ishlar organlari tomonidan o‘rganish ichlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling