Toshkentdan Andijonga yangi tezyurar elektropoyezdning ilk texnik sinov qatnovi amalga oshirildi. Bu haqda “Toshkent MTU” filiali xabar berdi.
Xitoydan olib kelingan elektropoyezd soatiga 160 km tezlikda harakatlanib, Toshkentdan Andijongacha 4 soatda yetib bordi.
Qayd etilishicha, texnik sinov qatnovidan o‘tkazilgan yangi poyezd yaqin kunlarda tasdiqlangan harakat jadvali asosida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi.