Kuz kirib kelishi bilan O‘zbekistonda havo harorati me‘yor darajasigacha va undan biroz pastga tushdi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Yaqin ikki kun davomida kunduzgi harorat 28−33 daraja, janubda 35 darajagacha, shimolning ayrim joylarida esa 25−27 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Kechasi va erta tongda havo asosan 13−18 daraja bo‘ladi.
Respublikaning katta qismida havo biroz bulutli, ayrim joylarda o‘zgaruvchan bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
3−4-sentabr kunlari Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, 4-sentabrda esa Toshkent viloyatining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Ayrim joylarda shamol tezligi 13−18 m/sgacha kuchayib, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 4-sentabr kuni ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Poytaxtda harorat kechasi 15−17 daraja, kunduzi 28−30 daraja atrofida bo‘ladi. Shamol sharqdan 5−10 m/s tezlikda esadi.