Xorazm viloyatiga 30 ta yangi Zhongtong rusumli avtobus olib kelindi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Avtobuslar “Bunyod yo‘lovchi tashish” MChJ tomonidan xarid qilingan.
Natijada joriy yil boshidan buyon viloyatga olib kelingan yangi avtobuslar soni 90 taga yetdi.
Yangi avtobuslarni yaqin kunlarda Urganch shahri ichki yo‘nalishlariga brutto-shartnoma asosida chiqarish rejalashtirilgan.