6-sentabr kuni Toshkentning ayrim ko‘chalarida avtomobillar harakati cheklanadi

Cheklovlar “Toshkent xalqaro yarimmarafoni” o‘tkazilishi munosabati bilan soat 05:00 dan 14:00 gacha amal qiladi.

6-sentabr kuni “Toshkent xalqaro yarimmarafoni” ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkazilishi sababli poytaxtning qator ko‘chalarida avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda Yo‘l harakatini tashkil etish markazi xabar berdi.

Cheklovlar soat 05:00 dan 14:00 gacha quyidagi ko‘chalarda amal qiladi:

– Islom Karimov ko‘chasi — Furqat ko‘chasidan Sharaf Rashidov shoh ko‘chasigacha;

– Sharaf Rashidov shoh ko‘chasi — Afrosiyob ko‘chasidan Islom Karimov ko‘chasigacha;

– Afrosiyob ko‘chasi — Islom Karimov ko‘chasidan Oybek ko‘chasigacha;

– Oybek ko‘chasi — Afrosiyob ko‘chasidan Nukus ko‘chasigacha;

– Nukus ko‘chasi — Oybek ko‘chasidan Abdulla Qodiriy ko‘chasigacha;

– Abdulla Qodiriy ko‘chasi — Nukus ko‘chasidan Hamidulla Oripov ko‘chasigacha;

– Hamidulla Oripov ko‘chasi — Abdulla Qodiriy ko‘chasidan Mustaqillik shoh ko‘chasigacha;

– Mustaqillik shoh ko‘chasi — Mirzo Ulug‘bek shoh ko‘chasidan Amir Temur xiyobonigacha;

– Amir Temur xiyoboni atrofidagi yo‘llar — Buxoro va Shahrisabz ko‘chalarigacha;

– Alisher Navoiy ko‘chasi — Shahrisabz ko‘chasidan Furqat ko‘chasigacha;

– Botir Zokirov ko‘chasi — Alisher Navoiy ko‘chasidan Afrosiyob ko‘chasigacha;

– O‘qchi ko‘chasining Botir Zokirov ko‘chasiga tutash qismi.

Ishtirokchilar va tomoshabinlar soni ko‘paygan taqdirda, zaruratga qarab mazkur hududlarga tutash boshqa yo‘llarda ham harakat vaqtincha cheklanishi mumkin.

Haydovchilarga safarlarini oldindan rejalashtirish va muqobil yo‘nalishlardan foydalanish tavsiya etildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling