2026/2027-o‘quv yili uchun davlat oliy ta‘lim tashkilotlarining magistratura mutaxassisliklariga qabul natijalari e‘lon qilindi. Bu haqda Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, my.edu.uz elektron tizimi hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolarning arizalari to‘liq ko‘rib chiqilgan.
Talabgorlar qabul natijalarini my.edu.uz tizimidagi shaxsiy kabineti orqali tekshirishi mumkin.