Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Abdusalom Xatamov O‘zbekistonning Livandagi elchisi etib tayinlandi

Elchi ushbu mamlakat prezidenti Jozef Aunga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Abdusalom Xatamov O‘zbekistonning Livandagi elchisi elchisi (qarorgohi Masqat shahrida joylashgan) etib tayinlandi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

Elchi ushbu mamlakat prezidenti Jozef Aunga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Rasmiy marosimdan so‘ng bo‘lib o‘tgan muloqot chog‘ida Jozef Aun O‘zbekiston prezidentiga Livan bilan ikki tomonlama aloqalarini rivojlantirish maqsadida elchi tayinlagani uchun samimiy minnatdorlik bildirdi va ezga salomlarini yo‘lladi. 

O‘zbekiston elchisi, shuningdek, Livan tashqi ishlar vaziri Yusuf Rajji bilan uchrashdi. 

Tomonlar Livan va O‘zbekiston o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy va gumanitar aloqalarni rivojlantirishdan manfaatdor bildirish barobarida, turli darajalardagi ikki tomonlama tashriflar tashkil qilish, madaniyat kunlarini o‘tkazish va o‘zaro turistlar oqimini oshirish qaratilgan tadbirlar uyushtirish takliflarini qo‘llab-quvvatladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling