Yangi Namangan tumaniga yangi hokim tayinlandi

Jobir Abdullayev tuman hokimi vazifasidan ozod qilindi.

Xalq deputatlari Yangi Namangan tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

Unda tashkiliy masala ko‘rildi. Sessiyada deputatlar Namangan viloyati hokimining Jobir Abdullayevni Yangi Namangan tumani hokimi vazifasidan ozod qilish haqidagi qarorini tasdiqladi.

Shuningdek, Adham Karabayevni tuman hokimi etib tayinlash to‘g‘risidagi qaror bir ovozdan maʼqullandi. 

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling