Hayit va Navro‘z arafasida 392 nafar shaxs afv etildi

Afv etilgan shaxslarning 223 nafari asosiy jazodan to‘liq ozod etildi.

Prezident farmoni bilan 392 nafar shaxs afv etildi, deb xabar berdi O‘zA.

Hujjatga muvofiq, jazo muddatini o‘tayotgan hamda qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qatʼiy o‘tgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Afv etilgan shaxslarning 223 nafari asosiy jazodan to‘liq ozod etildi, 82 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi. Yana 34 nafarining ozodlikdan mahrum etish jazosi yengilroq jazo bilan almashtirildi. 

Shuningdek, 53 nafar shaxslarga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartirildi.

Afv etilganlarning 3 nafarini chet el fuqarolari, 26 nafarini ayol, 14 nafarini 60 yoshdan oshgan erkaklar, 166 nafarini yoshlar hamda 24 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling