Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Alisher Boboyev sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi

U tayinlovga qadar Qashqadaryo viloyati SSB boshlig‘i sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Prezident qarori bilan, Alisher Boboyev sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

A.Boboyev mehnat faoliyatini 1998-yilda Toshkent davlat tibbiyot institutida katta laborant sifatida boshlagan.

Turli yillarda Toshkent farmatsevtika instituti tibbiy biologik fanlar kafedrasi katta laboranti, Toshkent shahar Olmazor tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi, 1-sonli Respublika klinik shifoxonasi maslahat-diagnostika poliklinikasi hamda Respublika klinik shifoxonasi urologiya bo‘limi singari qator muassasalarda shifokor-urolog, Sog‘liqni saqlash vazirligi kotibiyatida bosh mutaxassis kabi lavozimlarda ishlagan. 

U tayinlovga qadar Qashqadaryo viloyati SSB boshlig‘i sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling