Alisher Qayumov O‘zbekistonning Yangi Zelandiyadagi elchisi bo‘ldi

U ushbu davlat General-gubernatori Dame Sindi Kiroga ishonch yorliqlarini topshirdi.

O‘zbekistonning Yangi Zelandiyadagi birinchi elchisi tayinlandi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

O‘zbekistonning Singapurdagi elchisi Alisher Qayumov Yangi Zelandiyada o‘rindoshlik asosidagi elchi bo‘ldi.

U ushbu davlat General-gubernatori Dame Sindi Kiroga ishonch yorliqlarini topshirdi.

O‘zbekiston elchisi Yangi Zelandiyaning maori tub aholisiga xos qadimiy anʼanalar asosida tantanali ravishda kutib olindi.

Rasmiy marosim va undan keyingi suhbat chog‘ida O‘zbekiston – Yangi Zelandiya munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. 

Xususan, siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilm-fan, taʼlim va boshqa sohalardagi hamkorlik masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling