Andijonda 1,8 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

Qoidabuzarliklar savdo do‘koni, noturar bino va obodonlashtirish boshqarmasiga qarashli binoda aniqlangan.

Andijon shahrida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish oqibatida ta‘minot korxonasiga 1,8 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazilgani aniqlandi. Bu haqda O‘zenergoinspeksiya xabar berdi.

“X.G.” yakka tartibdagi tadbirkorga qarashli savdo do‘koni elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 468 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan.

Yana bir holatda fuqaro R.R.ga qarashli noturar binoda ham xuddi shunday qoidabuzarlik qayd etilib, buning oqibatida ta‘minot korxonasiga 133 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.

Andijon shahar obodonlashtirish boshqarmasiga qarashli binoda ham elektrdan noqonuniy foydalanish holati aniqlangan. 

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu holatda yetkazilgan zarar 1 mlrd 214 mln so‘mni tashkil etgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling