Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari pora bilan ushlandi

U fuqaroga Bobur shahridagi 20 sotix yerni auksionga qo‘ydirib, yutib berishni vaʼda qiladi.

Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari qo‘lga olindi, deb xabar berdi DXX.

U tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroning ishonchiga kiradi.

Xususan, u Bobur shahri hududidagi davlat zaxirasida bo‘lgan 20 sotix yerni vakolatli mansabdor tanishlari orqali auksionga qo‘ydirib, so‘ngra yutib berishni vaʼda qiladi.

So‘ng mazkur fuqaro nomiga rasmiylashtirib, kelgusida bu joyda qurilish ishlari amalga oshirishi uchun ruxsatnoma olib berishni aytadi.

Buning evaziga 50 ming dollar talab qiladi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari so‘ralgan pulni o‘zining yashash xonadonida olgan vaqtida ushlandi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling