Bosh prokuratura shtabi tomonidan Andijon shahrida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq uchta holat aniqlandi.
Xususan, "X. L." MChJga qarashli korxona elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 423 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani ma‘lum bo‘ldi.
Shuningdek, fuqaro M.R.ga qarashli noturar binoda ham xuddi shunday qoidabuzarlik aniqlanib, buning oqibatida ta‘minot korxonasiga 472 mln so‘mlik zarar yetkazilgani qayd etildi.
Bundan tashqari, fuqaro T.M.ga tegishli binoda ham elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlangan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, bu holatda yetkazilgan zarar 109 mln so‘mni tashkil etgan.
Aniqlangan uchta holat bo‘yicha ta‘minot korxonasiga yetkazilgan zarar miqdori qariyb 1,01 mlrd so‘mni tashkil etadi.