O‘zbekiston hududiga 18–20-iyul kunlari janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi davom etadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Prognozlarga ko‘ra, havo harorati 43–45 darajagacha, janubiy va cho‘l hududlarida esa ayrim joylarda 46–48 darajagacha ko‘tariladi.
Shuningdek, respublika bo‘yicha shamol tezligi sekundiga 13–18 metr, ba‘zan 20–22 metrgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi kutilmoqda.