“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, O‘zbekiston hududiga kirib kelgan issiq havo oqimlari 23-iyuldan boshlab chiqib ketishi kutilmoqda.
So‘nggi kunlarda anomal issiq fonida elektr energiyasi iste‘moli va ishlab chiqarish ketma-ket rekordlarni yangiladi.
Yuklamaning keskin ortishi sabab Toshkentning ayrim hududlarida elektr tarmoqlarida texnik nosozliklar yuzaga kelib, qisqa muddatli avariyaviy uzilishlar ham kuzatildi.
Sinoptiklar prognoziga ko‘ra, 23-iyuldan boshlab issiq havo oqimlarining chekinishi bilan respublika hududlarida havo harorati pasayib, ob-havo nisbatan iliqlashadi.