Xorazm viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

U tayinlovga qadar viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

Xorazm viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Anvar Davletov Xorazm viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. 

U tayinlovga qadar viloyat hokimining o‘rinbosari – viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling