2026-yilning yanvar—iyun oylarida O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 97 ta xorijiy kompaniya 143,8 mlrd so‘m soliq to‘ladi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar berdi.
Qo‘mita ma‘lumotlariga ko‘ra, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 84 foizga ko‘p.
Eng yirik soliq to‘lovchilar orasida Apple 33,6 mlrd so‘m, Google 33,3 mlrd so‘m va Meta 28,9 mlrd so‘m bilan yetakchilik qildi.
Shuningdek, Valve Corp. 15,8 mlrd so‘m, Anthropic 6,3 mlrd so‘m, OpenAI 5,6 mlrd so‘m, Midasbuy 2,9 mlrd so‘m, Booking.com 2,6 mlrd so‘m, TikTok 1,6 mlrd so‘m va Anysphere 1,5 mlrd so‘m soliq to‘lagan.