Joriy yilning aprel oyi bahor fasli uchun xos bo‘lgan beqaror ob-havo bilan boshlanadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Oyning birinchi o‘n kunligida respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Yog‘ingarchiliklar mahalliy (lokal) xususiyatga ega bo‘lib, ular hamma joyda va har kuni ham kuzatilmaydi.
Masalan, Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida 1-3-aprel kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Aprel oyining ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarida ayrim kunlarda, har bir o‘n kunlikda 1-3 kundan yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.
Oy davomida havo harorati ancha yuqori fon ko‘rsatkichlarida kechalari 12-17 daraja iliqdan 7-12 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 27-32 daraja iliqdan 15-20 daraja iliqqacha o‘zgarib turishi kutilmoqda.