O‘zbekiston va AQSH foydali qazilmalar qazib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Tashqi ishlar vaziriga ko‘ra, mazkur kelishuv iqtisodiy imkoniyatlar bilan birga uzoq muddatli barqaror rivojlanishga xizmat qiladi.

O‘zbekiston va AQSH hukumatlari o‘rtasida muhim foydali qazilmalar va nodir yer elementlarini qazib olish hamda qayta ishlash sohasida ta‘minot barqarorligi to‘g‘risida anglashuv memorandumi imzolandi

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovga ko‘ra, memorandum AQSh Davlat kotibining birinchi o‘rinbosari Kristofer Landau bilan birga imzolangan.

"Biz o‘ta muhim minerallarni nafaqat iqtisodiy imkoniyat, balki mas‘uliyatli hamkorlik va uzoq muddatli barqaror rivojlanish uchun muhim yo‘nalish sifatida ko‘ramiz", deb yozadi vazir.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling