AQSHdan deportatsiya qilingan 18 nafar O‘zbekiston fuqarosi maxsus charter reys orqali Toshkent xalqaro aeroportiga olib kelindi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Fuqarolarni vatanga qaytarish O‘zbekiston va AQSHning vakolatli idoralari o‘rtasidagi hamkorlik hamda muvofiqlashtirilgan sa‘y-harakatlar natijasida amalga oshirilgan.
Jarayon davomida deportatsiya qilingan fuqarolarning shaxsini aniqlash, zarur safar hujjatlarini rasmiylashtirish, tashkiliy-huquqiy masalalarni hal etish va ularning xavfsiz qaytarilishini ta‘minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilgan.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston xorijiy davlatlar bilan noqonuniy migratsiyaning oldini olish bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda.