Georgi Kocharyan Armanistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov xabar berdi.
Vazir elchidan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.
"O‘zaro manfaatli hamkorligimizni yana-da kengaytirish yo‘llarini muhokama qildik. Shubhasiz, katta salohiyatga ega ko‘plab yo‘nalishlar mavjud", deb yozgan Saidov.