Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Arnasoydagi qurilayotgan aeroportga sinov tariqasida birinchi samolyot qo‘ndi

L-410UVP-E20 rusumli havo kemasining parvozi orqali texnik imkoniyatlar sinovdan o‘tkazildi.

Jizzax viloyatining Arnasoy tumanida qurilishi davom etayotgan aeroportga sinov tariqasida birinchi samolyot qo‘ndi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

L-410UVP-E20 rusumli havo kemasining parvozi orqali texnik imkoniyatlar sinovdan o‘tkazildi.

Arnasoy tumani hokimi Odil Musanovning taʼkidlashicha, bugungi kunda turistik zonada mehmonxonalar, dam olish maskanlari, suv sporti infratuzilmalari va yo‘l-transport tarmoqlari jadal rivojlanmoqda. 

Taʼkidlanishicha, aeroport to‘liq ishga tushgandan so‘ng, u nafaqat ichki, balki xalqaro turistik oqimni ham qamrab olishi kutilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling