Toshkent shahrining Yashnobod tumani, Aviasozlar ko‘chasi 11-iyul kuni soat 8:00 dan 31-iyul soat 6:00 gacha vaqtincha yopiladi. Bu haqda Veolia Energy Tashkent xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, bunga ko‘chada ko‘chasida magistral issiq suv quvurlarini almashtirish ishlari olib borilishi sabab bo‘ladi.
Ishlar davomida xavfsizlikni ta‘minlash maqsadida mazkur hududning tegishli qismi avtotransport vositalari harakati uchun vaqtincha yopiladi.
Haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanish so‘ralmoqda.