1-sentabrdan avtobuslarda yo‘l haqini transportga chiqish bilan to‘lash talab etiladi

Chiptasiz yo‘lovchilarni aniqlash uchun nazorat tadbirlari bevosita avtobus salonlarida ham olib boriladi.

1-sentabrdan brutto-shartnoma asosida faoliyat yurituvchi shahar avtobuslarida yo‘lovchilar transportga chiqishi bilan yo‘l haqini to‘lashi kerak bo‘ladi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Yangi tartib bilan birga chiptasiz yo‘lovchilarni aniqlash bo‘yicha nazorat tadbirlari ham kuchaytiriladi. 

Transport nazorati inspeksiyasi hamda shahar yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish davlat muassasasi xodimlari tekshiruvlarni bevosita avtobus salonlarida ham o‘tkazadi.

Amaldagi tartibga ko‘ra, avtobusda chiptasiz yurish BHMning 10 dan bir qismi miqdorida jarimaga sabab bo‘ladi. Hozirda bu 41,2 ming so‘mni tashkil etadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling