Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani, Tinchlik ko‘chasi, 5-sonli avtobus saroyida 13-yanvar kuni soat 02:16 da avtobus yonib ketdi. Bu haqda poytaxt FVBB xabar berdi.
Qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 02:22 da yetib borib, yong‘in soat 02:32 da o‘chirildi.
Aytilgan manzilda 5-avtosaroyga qarashli avtobus yonib zararlangani aniqlandi.
Hodisa oqibatida jarohatlanganlar yo‘q.