Dam olish kunlari ayrim hududlarda yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda

Havo harorati kechasi 0-5 daraja iliqni, kunduzi 10-15 daraja iliqni tashkil etadi.

Ertaga respublika hududi bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Farg‘ona vodiysi hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Havo harorati kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliqni tashkil etadi, kunduzi 7-12 iliqqacha ko‘tariladi.

Yakshanba kuni asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kechasi 0-5 daraja iliqni, kunduzi 10-15 daraja iliqni tashkil etadi.

Ba‘zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, 6 va 8-fevral kunlari ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘inganrchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor.

Toshkentda dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi, ertaga kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.

Harorat ertaga kechasi 1 daraja sovuq, 1 daraja iliq, kunduzi 9-11 daraja iliq, yakshanba kuni kechasi 1-3 daraja iliq, kunduzi 13-15 daraja iliq bo‘ladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling