Azizxon Shovkatov Toshkent shahar hokimining Turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar berdi.
A.Shovkatov Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
Tayinlovga qadar u poytaxt Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.