Andijon viloyatining Baliqchi tumani, “Eski Markaz” mahallasidan o‘tgan yo‘lda 24-fevral kuni soat 15:56 larda YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyati IIB JXX YHXB fxborot xizmati xabar berdi.
Haydovchi, 2002-yilda tug‘ilgan A.J. o‘zining Zil 130 yuk avtomashinasini boshqarib kelayotib, oldinda tartibga solingan chorrahadagi piyodalar o‘tish joyidan keskin yugurib chiqib yuborgan piyoda, 2017-yilda tug‘ilgan H.M.ni urib yuborgan.
So‘ng rul boshqaruvini yo‘qotib, chorrahada to‘xtab turgan Cobalt bilan to‘qnashgan.
Hodisa oqibatida piyoda H.M. olgan tan jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.