Andijonda fuqaroni ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan FVB inspektori ushlandi

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Andijonda ishga kiritish bilan bog‘liq noqonuniy holat aniqlandi, deb xabar berdi DXX.

Baliqchi tumani FVB inspektori o‘zganing ishonchiga kiradi va mansabdor tanishlari orqali uning qarindoshini mazkur sohaga ishga kiritib qo‘yish evaziga 1800 dollar talab qiladi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda inspektor so‘ralgan pulni tumandagi umumiy ovqatlanish shoxobchalaridan birida olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling