Bayram kunlari ob-havo qanday bo‘ladi?

Respublikaning markaziy va janubi-sharqiy huudlarida yomg‘ir yog‘adi.

O‘zbekiston hududi 19-20 mart kunlari o‘rtacha iliq va nam havo massalari ta‘siri ostida bo‘ladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Respublikaning markaziy va janubi-sharqiy huudlarida yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati bugun kunduzi 13-16 daraja iliq, ertaga 17-20 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

21-martda hududning katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba‘zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati 20-25 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

23-24-mart kunlari respublika hududining katta qismida (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidan tashqari) ba‘zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat 20-25 daraja iliq, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 28 daraja iliqqacha bo‘ladi.

Harorat asosan kechalari 7-12 daraja iliq bo‘ladi. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. 

Toshkentda 19-martda kunduzi, 20-martda kechasi va ertalab vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat 19-martda 14-16 daraja iliq, 20-martda 17-19 daraja iliq bo‘ladi.

21-martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 21-23 daraja iliq bo‘ladi.

23-24-mart kunlari vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Kunduzi harorat 20-25 daraja atrofida bo‘ladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling