Tabiiy gaz bazaviy me‘yor barcha hududlarda 15-martgacha uzaytirildi

Shundan keyin esa ob-havo sharoitidan kelib chiqib qo‘shimcha choralar ko‘riladi.

Tabiiy gaz uchun isitish mavsumida belgilangan bazaviy me‘yor respublikaning barcha hududlarida 15-martga qadar uzaytirildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Vazirlikka ko‘ra, sovuq havo massasi mamlakatning boshqa hududlariga ham kirishi ehtimoli tufayli shu qarorga kelingan.

Belgilangan 500 kub metr bazaviy me‘yor barcha hududlarda 15-martga qadar uzaytirildi.

Shundan keyin esa ob-havo sharoitidan kelib chiqib qo‘shimcha choralar ko‘riladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling