Bekobod shahrida Xalq deputatlari shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi xabar berdi.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqilib, shu paytgacha shahar hokimi lavozimida ishlab kelgan Nasrulla Babayev egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Bekobod shahar hokimi lavozimiga Narimonjon Ismoilov nomzodini tavsiya qildi.
U mazkur tayinlovga qadar Navoiy sanoatni rivojlantirish kompleksi maxsus sanoat parki direksiyasi direktori lavozimida faoliyat yuritgan.
Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi deputatlari Narimonjon Ismoilovni Bekobod shahri hokimi etib tasdiqladi.