Ta‘mirlash ishlari tufayli 8-aprel kuni Toshkent shahrining uchta tumanida tabiiy gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu hududlar:
Bektemir tumani (soat 11:00 dan 15:00 gacha) — Gulbog‘ MFY;
Chilonzor tumani (soat 11:00 dan 13:00 gacha) — “Beshqo‘rg‘on” va “Bekto‘pi” MFYlar;
Yangihayot tumani (soat 11:00 dan 14:00 gacha) — “Mash‘al” MFY.
Ta‘mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta‘minoti qayta tiklanadi.