7-avgust kuni Bektemir tumanining ayrim hududlarida ta‘mirlash ishlari sabab tabiiy gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” matbuot xizmati xabar berdi.
Gaz ta‘minoti soat 10:00 dan 18:00 gacha “Nurli yo‘l” mahallasi hamda Navbahor va Ziyolilar ko‘chalaridagi iste‘molchilar uchun vaqtincha o‘chiriladi.
Natijada 270 ta aholi xonadoni va 2 ta ulgurji iste‘molchi gazsiz qoladi.
Ta‘mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta‘minoti bosqichma-bosqich tiklanadi.