17-avgust kuni Toshkentning Bektemir va Mirobod tumanlaridagi ayrim hududlarda tabiiy gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” matbuot xizmati xabar berdi.
Bektemir tumanida ta‘mirlash ishlari sababli “Ustozlar” va “Zabardast” MFYlari, Bog‘i Eram 2-, 3-, 4-, 5-, 6-tor hamda Namuna ko‘chasidagi 560 ta xonadonda soat 10:00 dan 18:00 gacha gaz bo‘lmaydi.
Mirobod tumanining “Parvona” MFYsi, Parvona ko‘chasidagi gaz taqsimlash punktini almashtirish va filtr o‘rnatish ishlari sababli shu vaqt oralig‘ida 50 ta xonadonning gaz ta‘minoti to‘xtatiladi.
Shuningdek, Farg‘ona yo‘lidagi “Chenson” restorani, Dermatologiya klinikasi, Toshkent amaliy fanlar universiteti hamda Parvona ko‘chasidagi 6 ta ulgurji iste‘molchiga gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.
Ishlar yakunlangach, tabiiy gaz ta‘minoti qayta tiklanadi.