Toshkentning ikkita tumanida gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Ta‘mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta‘minoti qayta tiklanadi.

Ta‘mirlash ishlari tufayli 22-iyun kuni Toshkent shahrining ikkita tumanida gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu hududlar:

Bektemir tumani, “Majnuntol”, “Mirishkor” va “Rohat” MFYlari. soat 10:00 dan 17-00 gacha;

Yangihayot tumani, “Toshkent” MFY. soat 11:00 dan 16:00.

Ta‘mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta‘minoti qayta tiklanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling