11-avgust kuni Bektemir tumanining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta‘minoti soat 10:00 dan 18:00 gacha vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” matbuot xizmati xabar berdi.
Bunga hududdagi gaz tarmoqlarida ta‘mirlash ishlari olib borilayotgani sabab bo‘lmoqda.
Xususan, “Nurli yo‘l” va “Zabardast” mahallalari, Yashil Vodiy, A. Ikromov, A. Temur hamda Yangi Hayot ko‘chalaridagi iste‘molchilarga gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatilgan.
Cheklovlar 410 ta yerli xonadon va 15 ta ulgurji iste‘molchiga taalluqli.
Ta‘mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta‘minoti bosqichma-bosqich tiklanadi.