Toshkentda sodir bo‘lgan YTH oqibatida 22 yoshli haydovchi jarohatlandi

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda

Toshkent shahrining Chilonzor tumani, Cho‘ponota ko‘chasida 3-yanvar kuni YTH sodir bo‘ldi.

Haydovchi 2003-yilda tug‘ilgan Sh.T. Nexia-3 avtomashinasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi beton to‘siqqa to‘qashgan.

Hodisa oqibatida haydovchi tan-jarohat olganligi sababli shifoxonaga murojaat qilgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB ma’sul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling