Ukrainada davom etayotgan urush tufayli Markaziy Osiyoda kambag'allar soni oshadi

Inflatsiyaning tezlashishi va pul o'tkazmalarining qisqarishi bunga olib kelishi mumkin

Foto: Repost.uz

Foto: Repost.uz

Ukrainada davom etayotgan mojarolar fonida Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlarida qashshoqlik darajasi taxminan 1 foizga oshishi mumkin, deya ogohlantirmoqda Xalqaro valyuta jamg'armasi iqtisodchilari.

Ekspertlar iqtisodiy va savdo nuqtai nazaridan Rossiya bilan chambarchas bog'liq bo'lgan mintaqalarda iqtisodiy o'sish keskin pasayishini tahmin qilishdi. Biroq, ayni damda Markaziy Osiyo mamlakatlari yalpi ichki mahsuloti barqaror o‘sib bormoqda. Bular pul o‘tkazmalarining ko‘payishi va chet elliklarning kirib kelishi hisobiga bo'lmoqda.

Shu bilan birga, inflyatsiya, ayniqsa oziq-ovqat segmentida sezilarli darajada tezlashgan.

 "Transferlarning yangi qisqarishi bilan qo'shimcha 1 mln kishi qashshoqlik chegarasidan past bo'lishi kutilmoqda", deya qayd etadi jamg'arma.

Oziq-ovqat narxlari o'tgan yilga nisbatan sezilarli darajada yuqoriligicha qolmoqda. Qirg'iziston va Tojikistondagi eng kambag'al uy xo'jaliklari xarajatlarida oziq-ovqat ulushi allaqachon 60-70 foizni tashkil etmoqda.

Bundan tashqari, Rossiyada ishlayotgan mehnat muhojirlaridan kelyotgan tushumlar sanksiyalar va retsessiya tufayli zarar ko'rishi mumkin. Ular qo‘shni davlatlar iqtisodiyotida salmoqli o'ringa ega: masalan, Qirg‘izistonda ular yalpi ichki mahsulotning chorak qismini, Tojikistonda – 23%, O‘zbekistonda – 6% atrofini tashkil qiladi.

Hozirgi vaziyat, birinchi navbatda, aholining eng kam ta'minlangan qatlamlariga tahdid solmoqda. Shuningdek, Qirg‘izistonda inflyatsiya va o‘sish sur’atlarining sekinlashishi tufayli qashshoqlikning 2,5-3 foizga oshishi xavfi bor. O‘zbekistonda qashshoqlik darajasi taxminan 1 foizga oshishi mumkin.

Mutaxassislar hukumatlarga manzilli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash dasturlari qamrovini kengaytirish va uning mexanizmlarini takomillashtirishni maslahat bermoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling