Toshkent shahar, Chilonzor tumanining ayrim ko‘chalarida soat 12:00 dan 23:00 gacha avtotransport vositalari harakati to‘liq cheklanadi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bunga Bunyodkor stadionida Jennifer Lopesning konserti o‘tkazilishi sabab bo‘ladi.
Yopiladigan ko‘chalar:
- Cho‘ponota - Qatortol koʼchalari chorrahasidan, Choʼponota ko‘chasi bo‘ylab, Cho‘ponota va Chilonzor koʼchalari kesishgan chorrahasigacha boʼlgan qismi;
- Chilonzor - Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan Chilonzor ko‘chasi bo‘ylab, Chilonzor - KXAY koʼchalari kesishgan chorrahasigacha boʼlgan qismi;
- Bunyodkor ikkinchi darajali ko‘chasi: KXAYdan - Cho‘pon ota ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.