Toshkent metrosining “Turon” bekatida tom konstruksiyasining bir qismi qulab tushdi

Hodisa oqibatida ikki nafar yo‘lovchi yengil tan jarohati oldi.

16-iyul kuni soat 14:34 da Toshkent metrosining "Yer usti halqa" yo‘nalishidagi “Turon” bekatida tom konstruksiyasining bir qismi siljib tushdi. Bu haqda "Toshkent metropoliteni" xabar berdi.

Qayd etilishicha, harakat xavfsizligini ta‘minlash maqsadida mazkur bekatda metro poyezdlari harakati zudlik bilan vaqtincha to‘xtatilgan. 

Hozirda mutaxassislar hodisa yuzasidan texnik o‘rganish olib borib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rmoqda.

Hodisa oqibatida ikki nafar yo‘lovchi yengil tan jarohati olgan. Ularga voqea joyining o‘zida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida “Qipchoq” va “Quruvchilar” metro bekatlari oralig‘ida bepul metrobuslar harakati yo‘lga qo‘yildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling