Navoiyda IIB tergovchisi $1000 pora olayotganda ushlandi

U iPhone 17 Pro Max telefonini egasiga qaytarib berish evaziga ikki nafar vositachi orqali pul olganlikda gumon qilinmoqda.

Navoiy viloyatining Qiziltepa tumani IIB Tergov guruhi katta tergovchisi pora bilan ushlandi. Bu haqda DXX xabar berdi.

Qayd etilishicha, 1-iyul kuni IIO tomonidan xotirasida taqiqlangan diniy materiallar bo‘lishi ehtimoli bilan 2003-yilda tug‘ilgan fuqaroning iPhone 17 Pro Max telefoni olib qo‘yilgan.

Tergovchi mazkur telefonni egasiga qaytarib berish evaziga ikki nafar vositachi orqali $1000 olgan vaqtida qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan tergovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling