Toshkent–Nurafshon yo‘lining bir qismi 21-iyulgacha yopiladi

Cheklov D002 avtomobil yo‘lining 4–9-kilometrlari oralig‘ida amal qiladi.

Toshkent va Nurafshon shahrini bog‘lovchi D002 avtomobil yo‘lining 4–9-kilometrlari oralig‘ida transport harakati 21-iyulgacha to‘liq cheklanadi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi ma‘lum qildi.

Qayd etilishicha, cheklov yo‘l o‘tkazgichlari qurilishini yakunlash hamda harakat xavfsizligini ta‘minlash maqsadida joriy etilgan. 

Yopiladigan uchastka yangi qurilayotgan ko‘prikdan O‘rtachirchiq tumanidagi Avangard aholi yashash hududigacha bo‘lgan masofani qamrab oladi.

Hokimlik Bekobod, Bo‘ka, Piskent, O‘rtachirchiq tumanlari hamda Nurafshondan Toshkentga qatnovchi haydovchilarga A373 Toshkent–O‘sh avtomobil yo‘li, D014 G‘azalkent–O‘rtasaroy–Nurafshon yo‘li va boshqa mahalliy aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling